AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi o`tkazgan ko`rik-tanlov antiqa natija bilan yakunlandi

'Adliya vazirligi o`tkazgan ko`rik-tanlov antiqa natija bilan yakunlandi'ning rasmi

Ko`ngli o`ksiklarni e`zozlash va qadrlash, ularni har taraflama qo`llab-quvvatlash xalqimizga xos fazilat. Zero davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy sohani takomillashtirishda olib borilayotgan islohotlarning zamirida ham aynan aholining zaif qatlamlarini himoya qilish kabi buyuk xizmatlar turibdi.

Xususan, Prezidentimizning Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta tashabbuslari bu boradagi amaliy ishlar uchun dasturulamal bo`lib xizmat qiladi.

Mazkur tashabbuslar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O`zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo`lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo`llab-quvvatlash bo`yicha 
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur loyiha doirasida navbatdagi muhim tadbir amalga oshirildi. Ya`ni 2 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo`lgan iqtidorli yoshlar o`rtasida rasm chizish bo`yicha respublika ko`rik tanlovi hamda nogironligi bo`lgan bolalar tomonidan yaratilgan san`at asarlarining ko`rgazmasi ham tashkil qilindi.

Tanlovda nogironligi bo`lgan bolajonlar imkoniyatlari cheklanganga qaramasdan, tengqurlari qatorida o`z san`atlarini namoyish qilishdi.

Tanlov jarayonida boshqa tanlovlarda kuzatilmaydigan ajoyib voqea ro`y berdi. Ya`ni, respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan bolalarning barchasi imkoniyati cheklanganiga qaramasdan hayotga bo`lgan qiziqishlari yuqori darajada ekani va bu borada boshqalarga o`rnak bo`lganlari sababli 1-o`ringa munosib deb topildi. 

 

    Boshqa yangiliklar