Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru federal hukumatning barcha bo`g`inlarida hukumatni tez-tez tanqid qiluvchi “Folha de S. Paulo” gazetasiga obuna bo`lishni to`xtatuvchi qaror chiqardi.
“Bu mening qarorim, mening hukumatimda hech kim bu gazetani olmaydi. Umid qilamanki, meni senzurada ayblashmaydi”, dedi Bolsanaru va hukumatdagi mazkur gazetani oluvchilar buning uchun jazolanmasligi, ular gazetani matbuot do`konidan olishi mumkinligini ta`kidladi.






