AsosiyJamiyat

2020 yilda ajratiladigan parlament ajratmalarining cheklangan miqdori ma`lum bo`ldi

'2020 yilda ajratiladigan parlament ajratmalarining cheklangan miqdori ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Moliya vazirligi 2020 yil davlat byudjeti loyihasiga bag`ishlangan «Fuqarolar uchun byudjet» axborot nashrining navbatdagi sonini taqdim etdi. Unda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalarining 2020 yil uchun daromadlari va xarajatlari prognozlari qayd etilgan.

Xususan, 2020 yil uchun O`zbekistonning respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag`larini taqsimlovchilarga ajratiladigan parlament ajratmalarining cheklangan miqdorlari ham ko`rsatilgan bo`lib, unga ko`ra:

  • Vazirlar Mahkamasiga — 2 trillion 943 milliard 4 million so`m;
  • Prezident Administrasiyasiga — 742 milliard 6 million so`m;
  • Oliy Majlis Senatiga — 18 milliard so`m;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga — 114 milliard 3 million so`m;
  • Bosh prokuraturaga — 734 milliard so`m;
  • Oliy sudga — 44 milliard 3 million so`m ajratiladi.

Bu mablag`larda joriy xarajatlardan tashqari zaxira hamda investisiya xarajatlari ham ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar