AsosiyJamiyat

3 yil muddatda ozodlikdan mahrum etilgan yigit Yoshlar ittifoqi kafilligida ozod etildi

'3 yil muddatda ozodlikdan mahrum etilgan yigit Yoshlar ittifoqi kafilligida ozod etildi'ning rasmi

Boymatov Abubakr Begmat o`g`li Kashkadaryo  viloyati Kosontumanida tug`ilgan. U  tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo`lgan ekinlarni qonunga  xilof ravishda ekkan va sotganlikda ayblangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Muboraktumani sudi binosida o`tkazilgan yopiqsud majlisida A.Boymatovning jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Unga nisbatan   qo`llanilgan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq jazo tayinlangan.

Ammo Abubakrga yana bir imkon berildi, deya xabar beradi Koson tuman hokimligi axborot xizmati.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O`zbekiston yoshlar ittifoqi o`rtasidagi o`zaro hamkorlik Memorandumiga asosan, Qashqadaryo viloyati yoshlar ittifoqi Koson tumani Kengashi raisi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi bilan ayblangan Boymatov Abubakr Begmat  o`g`lining jinoyat ishi bo`yicha jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etdi  va sudlanuvchi  ittifoq kafilligi ostida sud  zalidan ozod etildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar