Maktab o`quvchilari ongida saylovlarning davlat va jamiyatdagi ahamiyatiga oid tushunchalarni shakllantirish maqsadida joriy yilning 7-15 noyabr kunlari “Men ham kelajakka ovoz beraman” insholar va rasmlar tanlovi o`tkaziladi.
Tanlov 7-8-sinf o`quvchilari o`rtasida ijodiy bayon hamda 9-11-sinflar kesimida insho yozish bo`yicha tashkil etiladi.
Rasm, ijodiy bayon va insholar tanlovi g`oliblari sinflar kesimida aniqlanib, faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.






