AsosiyJamiyat

“Hududiy elektr tarmoqlari” viloyatlarga 12 ta zamonaviy burg`ulash texnikalarini etkazib berdi

'“Hududiy elektr tarmoqlari” viloyatlarga 12 ta zamonaviy burg`ulash texnikalarini etkazib berdi'ning rasmi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kuni kecha BM 205D rusumli zamonaviy burg`ulash texnikalardan 12 ta olib kelinib, viloyatlarga etkazildi, deya xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

2018 yilda ham jamiyat tomonidan 40 ta maxsus burg`ulovchi BM-205D rusumli zamonaviy burg`ulash, yuk ko`tarish va tashishga mo`ljallangan yangi texnikalar xarid qilinib hududlarga etkazib berilgan edi.

3 metrgacha bo`lgan chuqurlash ishlarini bajara oladigan BM 205D rusumli ushbu zamonaviy mashinalar bir necha vazifani amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ulardan burg`ulash, aloqa va elektr uzatish tarmoqlari uchun tayanchlarini o`rnatish, yuqori va past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ta`mirlashda foydalanish mumkin. Qolaversa, kichik qurilish obe`ktlarini rejalashtirish, chuqurlarni to`ldirish hamda quyma materiallarni kichik masofalarga tashishda ham qo`l keladi.

Shu bilan birga, elektr uskuna va tarmoqlarni yangilashda zamonaviy texnologiyalar temir beton tayanchlarida o`rnatilgan germetik transformatorlar, izolyasiyalangan SIP simlardan foydalanilmoqda. Bu esa elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo`qotishlarni, uzilishlar sonining keskin kamayishi, inson hayotiga xavf soluvchi omillarning oldi olinishi va mustahkamlikning oshishini ta`minlamoqda.

Natijada, tarmoqqa noqonuniy ulanishlar oldi olinib, iste`molchilarni mustahkam va ishonchli elektr energiyasi bilan ta`minlashga erishilmoqda. Bunda xodimlarning elektr uskunalarda havfsiz ish olib borishi uchun ham tegishli sharoitlar yaratilgan.

 

    Boshqa yangiliklar