AsosiyJamiyat

Sinflarga nega  keragidan ortiq o`quvchilar qabul qilinmoqda?

'Sinflarga nega  keragidan ortiq o`quvchilar qabul qilinmoqda?'ning rasmi

So`nggi paytlarda internet tarmog`i va aholi o`rtasida bola o`g`irligi bilan bog`liq xabarlarni ko`p eshityapmiz. To`g`ri, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xabarlar o`zining tasdig`ini topmadi. Ammo bunday holatlar baribir ota-onalarning xavotirini oshirgani shubhasiz. Ushbu savolga izoh izlab Xalq ta`limi vazirliga murojaat qildik. 

Anvar Umarov, Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi:

— Tahlillarga ko`ra, respublikada sinflarning o`rtacha to`ldirilishi 25,5 nafarni tashkil etadi. Biroq, viloyat markazlari va Toshkent shahrida so`nggi demografik o`zgarishlar, yangi turar joy massivlarining barpo etilishi, aholi sonining o`sib borishi natijasida maktablarda o`quvchilar soni 35 nafardan ortmoqda. Yana bir sababi, 11 yillik umumiy o`rta ta`limga o`tilishi munosabati bilan so`nggi ikki yilda o`quvichlar soni qariyib 1.2 mln nafarga ortdi. Albatta bu o`z-o`zida qo`shimcha o`quvchi o`rni, yangi maktablar barpo etishni taqozo etmoqda.

Aksariyat ota-onalarimiz ham mikrohududagi maktablarga emas, uzoqroqda bo`lsa ham o`zlari ko`zlagan ma`lum bir maktablarga farzandlarini joylashtirishga harakat qilishadi. Bu ham sinflarda o`qivchilar soni oshib ketishiga turtki bo`lmoqda. Bugungi kunda bu holatlarni oldini olish uchun bir qancha choralar ko`rilmoqda. Xususan, ushbu o`quv yilida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469–sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi 81 ta umumta`lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayoni Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilib, asosan biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilindi va ushbu maktablarda o`quvchilar soni 35 nafardan ortmasligi qat`iy belgilab qo`yildi.

Tarmoqli maktablar

— Bu yilda respublika bo`yicha  70 dan ortiq ta`lim sifati yuqori bo`lgan maktablarning Tarmoqli maktablari tashkil etildi. Aynan tarmoq maktab sifatida belgilangan maktablarda o`quvchilar qabul tashkil etilmoqda va u erda ta`lim sifatini oshirish belgilanmoqda.     

Ma`lumot o`rnida

  • Tarmoqli maktablar haqida to`liq ma`lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali bilishingiz mumkin: (+99871) 2155281

 

Ushbu mavzuga oid boshqa muammoli savollarga javobni "Darakchi" gazetasining 44 sonida o`qishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar