AsosiyJamiyat

Samarqandlik kuygan bolaning hikoyasi kutilmagan tus oldi

'Samarqandlik kuygan bolaning hikoyasi kutilmagan tus oldi'ning rasmi

11 oyligida dahshatli yong`inda kuyib ketgan va O`zbekiston, Qozog`iston va Koreyada davolanish uchun pul yig`ayotgan samarqandlik 7 yoshli Baxtiyor Sindorovning hikoyasi kutilmagan tus oldi.

Eslatib o`tamiz, bolaning oilasi juda og`ir ahvolda qolgan bo`lib, ular hatto uyini sotishga majbur bo`lgan, ota-onaning o`zi juda kamtarona hayot kechiradi, nogironlik nafaqasi 400 ming so`mni tashkil qiladi.

Baxtiyorga Hindiston va Koreyada bir nechta jarrohlik amaliyotlari o`tkazilgan (burni, lablari qisman tiklangan - ular yo`q edi), ammo Koreyada ham yana bir nechta operasiyalarni amalga oshirish kerak.

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi Samarqand guruhlarida xabar berilganidek, Samarqand viloyati hokimligi rahbari Erkinjon Turdimovning qarori bilan Baxtiyorning oilasiga yangi uy qurish uchun zarur bo`lgan barcha narsalar hamda 6 sotix er uchastkasi ajratilgan. Bundan tashqari, bolaga uy sharoitida dars beradigan o`qituvchi, ona uchun psixolog, otaga ish topishga yordam berilgan. Shuningdek, davolanish uchun davlat yordam berishi ma`lum bo`ldi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi matbuot xizmati rahbari Manzura Xasanovaga davlat idoralaridan birinchilardan bo`lib, bolaning oilasi holidan xabar olgani va qo`mita xodimlari tomonidan pul yig`ib berilgani uchun alohida minnatdorlik bildirildi.

 

    Boshqa yangiliklar