Joriy yilning 29 oktyabridan boshlab, Toshkent xalqaro aeroportida jismoniy shaxslar tomonidan 100 mln. so`m ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd pul mablag`larini O`zbekistondan erkin olib chiqish tartibi amal qila boshladi.
Endilikda Siz $ 2000 dan 100 mln. so`m ekvivalentigacha pulingiz bo`lsa, bojxona nazoratining maxsus deklarasiya qog`ozini to`ldirib, «qizil yo`lak»dan o`tasiz. Agar $ 2000 dan kam pulingiz bo`lsa, unda «yashil yo`lak»dan o`tasiz va deklarasiya to`ldirishingiz shart emas.






