AsosiyJamiyat

O`zbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda

'O`zbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda'ning rasmi

3-5 noyabr kunlari O`zbekistonda sovuq va nam havo massasi kirishi kutilmoqda.

3-5 noyabr kunlari G`arbiy Qozog`iston orqali O`zbekiston hududiga Ural (Ekaterinburg) mintaqalarida hosil bo`lgan sovuq va nam havo massasi kirib keladi, deb yozadi O`zgidromet.

3 noyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg`ir yog`adi. 4 noyabr kuni respublikada yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik bo`lmaydi.

Shamolning tezligi 18-23 m/s gacha, shamolning tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

4-5 noyabr kunlari respublika hududida havo harorati kechasi 0-5 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 8-13° gacha, shimolda kechasi 3° sovuqdan C 2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar