AsosiyJamiyat

Ilk bor milliy arxivda saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi

'Ilk bor milliy arxivda saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi'ning rasmi

Bugun soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyda “O`zbekkino” Milliy agentligi, “O`zarxiv” agentligi hamda  O`zbekiston  Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi hamkorligida O`zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligiga bag`ishlangan “Kino – o`chmas xotira” nomli kinofestivalning ochilish marosimi bo`lib o`tadi, deb xabar berdi "O`zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati.

Mazkur kinofestival 3 noyabrga qadar davom etadi. Anjuman O`zbekiston milliy arxiv fondidagi noyob kino va fotohujjatlar orqali vatanimiz hamda kino tarixini keng ommaga tanishtirishni o`z oldiga maqsad qilgan. Kinofestival davomida O`zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi.  

Ular orasida Hamidulla Akbarov muallifligida suratga olingan “Xudoybergan Devonov” (1970 y), rejissyor Ali Hamroevning “Toshkent jasorati” (1975 y) va 1959 yil ishlangan  “Qo`shiqlar uchadi” kabi noyob xujjatli filmlar bor.  

Barcha kino ixlosmandlarini kinofestivalga taklif etamiz!

 

    Boshqa yangiliklar