Ilon Mask #TeamTrees daraxtlarini ekish aksiyasida ishtirok etdi. Tadbirkor ushbu loyihaga million dollar xayriya qildi.
Mask Tvitterda amerikalik bloger Jimmi MrBeast Donaldsonning olti million daraxt ekish haqidagi postini ko`rib, u qanday loyiha ekanligini so`radi. Texnobloger Markus Braunli unga tashkilotning veb-saytiga havolani tashladi.
Shundan so`ng, ishbilarmon o`z xayriyasi haqida tvitterda yozdi va Tvitterdagi akkauntining nomini Ilon Maskdan Treelon’ga o`zgartirdi.
#TeamTrees ma`lumotlariga ko`ra, yangilik yozilgan vaqtda 7,9 milliondan ortiq daraxt ekilgan. Har bir ko`chat narxi 1 dollar.
#TeamTrees loyihasida mashhur blogerlar ishtirok etmoqda. Ular barchani daraxt ekish uchun pul yig`ishga chorlamoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, o`simliklarni Kaliforniya va Oregonadagi yong`in joylarida ekishmoqda.






