2019 yilning 31 oktyabr kuni soat 06 dan 26 daqiqa o`tganda Toshkent shahri Yunusobod tumani 15-dahasidagi ko`p qavatli 23-uyning 31-xonadonida yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 2 ta yong`in o`chirish texnikalari yuborilgan. Bo`linmalar ko`rsatilgan manzilga 7 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 06:44 da o`chirilgan. Yong`inni bartaraf etish vaqtida ushbu xonadonga mehmonga kelgan ikki nafar fuqarolar: 1955 y.t. fuqaro V.G. va 1949 y.t. fuqaro L.G. yong`in o`chiruvchilar tomonidan qutqarilgan (hozirda ahvoli qoniqarli). Yong`indan uyning 45 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Yong`inoqibatidauyning 5 kv.metrmaydondaxonajihozlariyonibzararlangan. Hodisaning taxminiy sababi, mast holda sigareta chekib, uxlab qolishdan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.






