2019 yilning 1 sentyabridan 30 oktyabriga qadar Surxondaryo viloyati hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 5114 ta murojaat kelib tushgan.
Uning 3560 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan, 245 tasi viloyat hokimining telegramm messenjeri, 114 tasi viloyat hokimligi “Ishonch telefoni” va rasmiy veb-sayti orqali kelib tushgan bo`lsa, 284 tasi yozma ariza, 911 tasi ommaviy sayyor qabullardagi og`zaki murojaatlardir.
Shu kungacha bu murojaatlarning 4473 tasi o`rganilib, qonuniy hal etilishi ta`minlangan. Qolganlari esa hozirda o`rganish jarayonida.
31 oktyabr kuni viloyat hokimi To`ra Bobolov raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida ijro intizomi va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash ahvoli tanqidiy tahlil qilindi.






