Jizzax shahar Olmazor MFY “Navro`z” ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Yoqubov Nodir "AS-SERVIS "MChJga qarashli avtosalondan "LASETTI -JENTRA" rusumli avtomashinani 135000000 (bir yuz o`ttiz besh million so`mga) harid qiladi. Ammo oradan bir oy vaqt o`tib avtomashinani yuvdirishga borganida lyuk qismidagi nosozlik sababli salonni ichiga suv o`tib o`rindiqlari jiqqa xo`l bo`ladi. Holatni avtosalon ma`muriyatiga ma`lum qilib, tuzatib berishlari uchun avtomabilni kaliti bilan topshirib keladi. Lekin shuncha vaqt o`tsa hamki, ulovdan darak yo`q...
Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyaning bo`lim boshlig`i Sh.Sattarovning "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, fuqaro 2019 yil 27 sentyabrida O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ishonch telefoniga murojaat qiladi. Murojaat o`rganish va amaliy yordam ko`rsatilishi uchun federasiyaga yuboriladi. Nodir Yoqubov "AS-SERVIS" MChJ ga qarashli avtosalon ko`rsatgan ta`mirlash ishlaridan qoniqmaydi. Harid qilgan yangi "LASETTI -JENTRA " avtomashinasiga to`langan summasini qaytarilishini talab qildi. Jamiyat mutaxassislari tomonidan uning e`tirozi asosli deb topilib, Nodir Yokubovga avtosalon tomonidan 135000000 sum puli to`liq qaytarib olib berildi.






