AsosiyJamiyat

Davlat notarial idoralari xususiyga aylantiriladi

'Davlat notarial idoralari xususiyga aylantiriladi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.

Unga ko`ra:

*davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich xususiy notarial idoralarga o`tkaziladi;

*nodavlat notarial faoliyat lisenziyalanadi;

*O`zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tashkil etiladi.

Notarial palata quyidagi vazifa va faoliyatlarni amalga oshiradi:

ayrim turdagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibini bekor qiladi hamda yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etadi;

uy-joyni boshqa shaxsga o`tkazish, mol-mulklarni ijaraga (arendaga), tekin foydalanishga berishda ayrim talablarni bekor qilgan holda ushbu bitimlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtiradi;

masofadan turib, shu jumladan videokonferensaloqa orqali notarial harakatlar amalga oshirish mexanizmini joriy etadi;

fuqarolarni notarius kasbiy majburiyatlarini buzishi natijasida etkaziladigan zarardan muhofaza qilish maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi sug`urtalaydi;

notariusga elektron murojaat qilish mexanizmini takomillashtirish orqali tezkor notarial xizmatlar ko`rsatish va boshqalar. belgilab berilmoqda.

Loyihaning qabul qilinishi natijasida notariusning moddiy manfaatdorligining oshishi aholiga tezkor va sifatli notarial xizmat ko`rsatishini ta`minlaydi, uning nizolarni oldini oluvchi institut sifatida yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar