AsosiyDunyo

Tez yordamga 47 ming marta qo`ng`iroq qilgan erkak jinnixonaga yotqizildi

'Tez yordamga  47  ming marta qo`ng`iroq  qilgan  erkak  jinnixonaga yotqizildi'ning rasmi

Ukraina fuqarosi tez tibbiy yordam xizmatiga 47 ming marta qo`ng`iroq qilganidan keyin majburiy davolanish uchun ruhiy shifoxonaga yuborildi. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar bermoqda.

Rasmiy Kievga bo`ysunadigan Donesk viloyatidagi Kramatorsk shahrida yashovchi erkak to`rt yarim oy mobaynida tez yordamga 46 968 marotaba qo`ng`iroq qilgan. U kuniga yuz martadan ming martagacha 103 ga qo`ng`iroq qilib, u erda ishlovchi xodimlarni haqorat qilgan.

Ushbu harakatlari uchun unga nisbatan Ukraina Jinoyat Kodeksining 296-moddasi birinchi bandi bilan “Hurmatsizlik qilgan holda jamoat tartibini qo`pol ravishda buzish” moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Sudlanuvchi sud-psixiatrik tekshiruvdan o`tkazilganda, uning kasalligi aniqlandii. Sud majburiy ravishda kasalxonaga yotqizish to`g`risida qaror qabul qildi.

    Boshqa yangiliklar