Bugun, 31 oktyabr — Butunjahon shaharlar kuni sanaladi.
BMT Bosh assambleyasi 31 oktyabrni Butunjahon shaharlar kuni deb e`lon qilishga qaror qilib, asosiy shahar xizmatlaridan teng huquqli foydalanish barqaror urbanizasiya tamoyili hisoblanishi va u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustunlaridan biri ekanligini ta`kidlagan.
Hozirgi kunda dunyo aholisining yarmidan ko`pi shaharlarda yashaydi. 2050 yilga kelib bu ko`rsatkich 68%ga o`sishi taxmin qilinmoqda.
Urbanizasiya jamiyatdagi eng o`zgaruvchan va ko`zga ko`rinadigan hodisalardan biriga aylandi. BMTiga a`zo davlatlar “shaxarlarni rivojlantirish bo`yicha yangi dastur”da urbanizasiya insoniyat uchun uy-joy qurilishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o`zgarishi, infratuzilma, asosiy xizmatlar, oziq-ovqat xavfsizligi, sog`liqni saqlash, ta`lim, munosib ish o`rinlari sohalarida shaxsiy xavfsizlik va tabiiy resurslar borasida bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini allaqachon tan olishgan. Ammo to`g`ri yondashuv bilan, urbanizasiya barqaror rivojlanishni ta`minlashning muhim vositasi bo`lishi mumkindir






