AsosiyJamiyat

Krasnodar o`lkasida O`zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

'Krasnodar o`lkasida O`zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi'ning rasmi

2019 yilning 28 oktyabridan 1 noyabrigacha Krasnodar va Rostov-Donda shaharlarida «O`zbekistonga sayohat qil!» promo-aksiyasi o`tkazilmoqda. 

Aksiya O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligi va “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ikki mamlakatning turoperatorlari va kasaba uyushmalari tashkilotlari ishtirokida o`tkazilmoqda. 

Tadbirning asosiy maqsadi Rossiyadan O`zbekistonga sayyohlar oqimini ko`paytirish va mamlakatlarimiz sayyohlik tashkilotlari o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. 

Tadbirlar dasturida ikki shaharda O`zbekiston to`g`risida videokliplar namoyish etish, turistik operatorlar o`rtasidagi b2b uchrashuvlar, Krasnodar o`lkasida istiqomat qilayotgan o`zbek diasporalarining vatandoshlari va faollari bilan uchrashuvlari, bayram oshini tatib ko`rish bilan sayyohlik salohiyatining rasmiy taqdimoti ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar