Joriy yilning 31 oktyabr va 1 noyabr kunlari Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo`ladi, deya xabar beradi “Toshkent shahar ETK” AJ matbuot xizmati.
Tumanning 17-mavze hududiga qarashli 10 kVli 1808-sonli transformator punktida mukammal ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, tumandagi 40, 41, 42, 43, 38, 39, 1A - sonli ko`p qavatli aholi turar joy binolarida, hamda 23-sonli Maktabgacha ta`lim muassasasida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi vaqtincha uzilish bo`ladi.
Toshkent shahar ETK aholidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr suragan.






