AsosiyJamiyat

Sug`urta kompaniyasidan avtohalokat mavzusida layfxak

'Sug`urta kompaniyasidan avtohalokat mavzusida layfxak'ning rasmi

Avtohalokat yuz bersa, nima qilish kerak?

"O`zbekinvest" sug`urta kompaniyasi bunday holatlarda nima qilish kerakligi bo`yicha ko`rsatma berdi. Demak:

1-qadam. Hech kim jabrlanmaganligiga ishonch hosil qiling. Ehtiyoj bo`lsa, 103 - Tez tibbiy yordamni chaqiring.

2-qadam.  Tinchlaning, shunda holatni to`g`ri baholaysiz.

3-qadam. 102 - YHXBga murojaat qiling. Ular holatni rasmiylashtirgunlariga qadar kutib turing.

4-qadam. Kerakli ma`lumotlarni o`zingizga saqlab qo`ying. Jumladan:

- 2-taraf telefon raqamini;

- sug`urta polisi raqamini;

- avtohalokat fotosuratlarini;

- bayonnoma va hokazolar.

5-qadam. Yo`lingizda davom eting. Muhimi siz sog`lomsiz. Qolgani sug`urta kompaniyalarining ishi. 

    Boshqa yangiliklar