Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “A.E.P.” MChJ bosh direktorining murojaati ko`rib chiqildi, deya xabar berdi darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Shunga asoslanib tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslari korxonaga xorijdan import qilingan 6,6 mlrd. so`mlik jami 1103 tonna shakar mahsulotlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Ayni paytda “A.E.P.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






