Joriy yilning 27 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumani «Shovot» chegara bojxona postida kutilmagan holat qayd etildi, deya xabar bermoqda postda.
1940 yilda tug`ilgan turkmanistonlik K. D. post orqali O`zbekiston Respublikasidan Turkmaniston Respublikasiga chiqib ketayotib, birdaniga sog`lig`i yomonlashgan va to`satdan vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasida u yurak xurujidan vafot etganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura idoralari olib bormoqda.






