AsosiyJamiyat

Ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasidan qarzdorligi to`lab berilmoqda

'Ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasidan qarzdorligi to`lab berilmoqda'ning rasmi

Mamlakatimizda aholining  ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo`llab-quvatlash, ulardan doimo xabarolish,  saxovat tadbirlarini ko`rsatib borish ustuvor vazifalardan bir sanaladi. 

Jumladan, bu boradagi ishlarda prokuratura huzruidagiMajburiy ijro byurosi ham chetda turmayapti. Ya`ni, Byuro tashabbusi bilan mamlakatimiz bo`ylab kam ta`minlangan oilalarning energiya resurslaridan bo`lgan qarzdorliklari saxovatpesha fuqarolaryordamida to`lanmoqda. 

Jumladan, Majburiy ijro byurosining Chust tuman bo`limi tomonidan Pansada mahallasi Mashrab ko`chasida yashovchi fuqaro Hamidov Sodiqjonga qilingan muruvvat oila a`zolarini xursand qildi. Ushbu xonadon mahallada ehtiyojmand oilalar sirasiga kiradi. Ro`zg`orni arang tebratayotgan bu oilaning elektr energiyasidan bo`lgan 150 mig so`m qarzdorligi bartaraf etildi. Ya`ni,qarzdorlik mahalla faollari yordami bilan to`lab berildi.

Bu yo`nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar