O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatgan fuqaro yuzasidan bayonot berdi.
2019 yilning28 oktyabr kuni soat 15-00larda fuqaro O`.I. (1984 y.t.) Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Ulankul mahallasida xizmat vazifasini o`tayotgan viloyat IIB YHXB xodimi B.M.ning (1988 y.t., tizimda 2008 yildan) qonuniy talablariga bo`ysinmasdan boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomashinasida uni 10 metr masofaga sudrab ketgan.
Hodisa oqibatida YHXB xodimiga tan jarohati etgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro O`.I.ga nisbatan JK 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






