AsosiyJamiyat

Tezkor xabar: IIBB asossiz ma`lumot bilan vahima qilayotganlar shaxsini aniqlamoqda

'Tezkor xabar: IIBB asossiz ma`lumot bilan vahima qilayotganlar shaxsini aniqlamoqda'ning rasmi

 

So`nggi paytda internet tarmog`idagi ma`lumotlar oqimini boshqarib bo`lmay qoldi. Ularning ayrimlari esa hech qanday asosli voqeaga asoslanmagan "puch shov-shuv" bo`lib chiqmoda. 

Xususan, Toshkent shahar IIBB bergan ma`lumotga ko`ra, internet tarmog`ida va Telegram messendjerida Toshkent viloyati hududida voyaga etmagan bolalarning jasadlari ichki organlari bo`lmagan holatda topilganligi haqidagi ma`lumot tarqamoqda.

Ushbu ma`lumotlar haqiqatdan yiroq. Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida harakatlanib yurgan va voyaga etmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoyatchi paydo bo`lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo`q.  

Ayni paytda Toshkent shahar IIBB asossiz ma`lumotlarni tarqatib, vahima o`yg`otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo`yicha chora ko`rmoqda. 

"Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma`lumotlarni tarqatmaslikni so`raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo`lmang. Agarda sizda biror-bir ma`lumot bo`lsa, Toshkent shahar IIBBning matbuot-xizmati bilan bog`lanib, uni aniqlashtirib oling"", — deya ogohlantirmoqda IIBB.

    Boshqa yangiliklar