O`zini Kapitan Karimov deb atagan bloger Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zafar Ro`ziev iliq so`zlar bilan yodga oldi.
"Paxtasini, g`allasini bilmadimu, lekin Z.Sh.Ro`ziev ko`pdan ko`p eng nochor, boquvchisini yo`qotgan oilalarga qarashib turardi. O`zi bolalikdan otasiz katta bo`lgan ekan. Shuning uchun qiynalgan oilalarning ro`yxatini tuzdirgan ekan, har bir tumanda. Shaxsan o`zi o`shalarning uyiga kirib, qilgan xayriya ishlari egasini topdimi yo`qmi tekshirib ham turgan. Vaqt topganida ular bilan uchrashgan. Lekin reklama qilmagan bu ishlarni. Endi tasavvur qiling qanday qiynalgan oilalarning ulkan duosini olgan bu inson.
Z.Sh.Ro`ziev borgan tuman odamlari bilsinki, sizlarga mehr-muruvvatli, savobtalab inson hokim bo`ldi. Bu inson nochorlarning ko`nglida City qurgan inson, hech qanday foydani ko`zlamay..."
Kapitan Karimov sobiq hokimga o`z blogi orqali minnatdorchilik bildirib, ishlariga omad tiladi.






