AsosiyMadaniyat

O`zbekistonlik yosh kinorejissyorlar xalqaro tanlovda qatnashadi

'O`zbekistonlik yosh kinorejissyorlar xalqaro tanlovda qatnashadi'ning rasmi

Joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Qirg`iziston respublikasining Bishkek shahrida MDH mamlakatlari yosh kinoijodkorlarining “Umut”  kinofestivali bo`lib o`tadi. Unda MDX mamlakatlarining yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.  

Ushbu forumda o`zbekistonlik yosh rejissyorlar – Ilhom Haydarov  “O`g`ri”, Husniddin Boymatov “Dunyodagi eng go`zal surat” nomli qisqa metrajli filmlari bilan qatnashadi.  

Kinofestival Qirg`iziston Kinematografiya departamenti, Qirg`iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi va MDHga a`zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik bo`yicha davlatlararo jamg`armasi tomonidan moliyaviy qo`llab-quvvatlanmoqda.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili ushbu kinofestivalda yosh kinorejissyor Shokir Xoliqov "Choy" filmi bilan ishtirok etib,  2 ta nominasiya bo`yicha g`olib bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar