AsosiyJamiyat

Kimlar bola nafaqasi va kam ta`minlanganlik nafaqasini olishda ustunlikka ega?

'Kimlar bola nafaqasi va kam ta`minlanganlik nafaqasini olishda ustunlikka ega?'ning rasmi

Tahririyatga bola nafaqasi bo`yicha savollar bilan ko`plab fuqarolar murojaat qilishadi. "Huquqiy axborot" kanali bola nafaqasi bilan bog`liq savollarga qonunchilik asoslariga tayanib, quyidagicha ma`lumot berdi:

Quyidagilar 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:

👉 ota-onasining ikkisini ham yo`qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug`ullanayotgan oilalar;

👉 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo`lgan oilalar;

👉 14 yoshgacha bo`lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);

👉 nogiron bolasi bo`lgan oilalar;

👉 bolani to`liq bo`lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar);

👉 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo`lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko`maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;

👉 yolg`iz pensionerlar.

    Boshqa yangiliklar