Adliya vazirligi qonunchilikka ko`ra, ish qidirayotgan shaxslar xususiy bandlik agentliklari oldida quyidagi huquqlarga ega ekanligini eslatdi:
👉 ishga joylashtirishga ko`maklashish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma bajarilishining borishi haqida axborot olish;
👉 xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
👉 xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligining aybi bilan bekor qilinganligi tufayli etkazilgan zararning o`rni qoplanishini va ma`naviy ziyon kompensasiya qilinishini talab qilish;
👉 o`z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda tegishli davlat organlariga, iste`molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, xususiy bandlik agentliklarining birlashmalariga yoki sudga murojaat qilish.






