AsosiyJamiyat

Yo`lovchi va yuk tashish faoliyatini lisenziyalash jarayoni soddalashtirildi

'Yo`lovchi va yuk tashish faoliyatini lisenziyalash jarayoni soddalashtirildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2019 yil 5 yanvarda imzolangan “2019-2025 yillarda O`zbekiston Respublikasida Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”ga muvofiq, transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki marshrutlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish Konsepsiyaning asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Konsepsiyani sifatli amalga oshirish hamda sayyohlarga yanada ko`proq qulaylik yaratish, mamlakatdagi mehmonxonalar faoliyatini diversifikasiyalashtirish maqsadida O`zbekiston Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog`ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlarga to`g`risida”gi qarori 15-punkti bilan: 

- aeroportdan, temir yo`l/avtoyo`l vokzallaridan mehmonxonaga va undan qaytishga, shuningdek, turizm ob`ektlariga o`zining ijarachilariga transport xizmatlarini ko`rsatish uchun lisenziya;

- shahar va shaharlararo yo`lovchi tashuvchi tadbirkorlik sub`ektlaridan mahalliy va xorijiy fuqarolarga mamlakat bo`ylab nomuntazam, shaharlararo yo`lovchi tashish uchun tegishli lisenziyaga ega avtobus yoki mikroavtobus xizmatlarini ko`rsatish uchun qo`shimcha lisenziya olish talablari bekor qilingan. 

Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 885-sonli qaroriga ko`ra, avtomobil` transportida shahar, shaharlararo hamda xalqaro yo`lovchi va yuk tashishni amalga oshirishga doir faoliyatni lisenziyalash to`g`risidagi Nizomga o`zgarishlar kiritildi. 

Yuqorida keltirilgan qarorga muvofiq, lisenziya olish aeroportdan, temir yo`l/avtoyo`l vokzallaridan mehmonxonaga va undan qaytishga, shuningdek, turizm ob`ektlariga o`zining ijarachilariga transport xizmatlarini ko`rsatish uchun lisenziya talab etilmaydi.

Ta`kidlash joizki, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashuvlarni avtomobil` transportida amalga oshirish faoliyatini lisenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari endilikda yo`lovchilarni shaharlararo tashishni amalga oshirish uchun alohida lisenziya olishlariga hojat yo`q.

Ma`lum qilinishicha, endilikda shahar aholi va chet el fuqarolariga mamlakat ichida nomuntazam marshrutlar bo`yicha avtobus hamda mikroavtobuslarda transport xizmatlarini ko`rsatuvchi hamda xalqaro yo`lovchi tashishni amalga oshirish lisenziyasiga ega tadbirkorlik sub`ektlari shahar va shahar atrofidagi tashuvlarni amalga oshirishda qo`shimcha lisenziya olish talab etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar