AsosiyDunyo

Ufada o`zbekistonlik yigit restoranda o`tirgan odamlarga qurol o`qtaldi

'Ufada o`zbekistonlik yigit restoranda o`tirgan odamlarga qurol o`qtaldi'ning rasmi

Joriy yilning 22 oktyabr tongida Boshqirdiston avtonom respublikasi poytaxti Ufa shahridagi restoranlardan birida janjal ko`tarilganligi sababli polisiya chaqirildi.

 

Mazkur janjalning chiqishiga o`zbekistonlik 23 yoshli yigit, 28 va 35 yoshli erkaklar hamda 20 yoshli qiz sababchi bo`lgan. Ularning o`zaro tortishib qolishi oqibatida to`polon ko`tariladi. Janjal ishtirokchisi bo`lgan yigit esa ularga qarata Kalashnikov avtomatiga o`xshash qurolni o`qtaladi. Atrofdagilar bundan vahimaga tushadi. Mazkur holatni restorandagi kuzatuv kameralari qayd etgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Polisiya surushtiruv ishlarini olib bormoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar