AsosiyJamiyat

“EduMarket” interaktiv virtual ta`lim pilot loyihasining demo-versiyasini amalga oshirish boshlandi

'“EduMarket” interaktiv virtual ta`lim pilot loyihasining demo-versiyasini amalga oshirish boshlandi'ning rasmi

24 oktyabr kuni Toshkent shahridagi 94-umumta`lim maktabida boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun “EduMarket” interaktiv virtual ta`lim pilot loyihasining demo-versiyasini amalga oshirish boshlandi. Bu haqida Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur loyiha xalq ta`limi tizimida islohotlarni yanada jadallashtirish va sifatini oshirish maqsadida «Yo`l xaritasi» doirasida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan joriy etilmoqda.

Loyiha ta`limiy mashqlar shaklida (yoshi bo`yicha darslarni tanlash bilan) zamonaviy texnologiyalar dunyosida bolalarni rivojlantirish uchun teng imkoniyatlar yaratish, AT sohasidagi ko`nikmalarni rivojlantirishga, diqqat, xotira va mantiqiy fikrlashga yordam berish uchun mo`ljallangan.

“EduMarket” loyihasining maqsadi – bolalar uchun yanada qulay, qiziqarli interfaol usulda bilim olish va o`rganish jarayonini ishlab chiqish, har bir yoshdagi o`quvchi uchun bilim olishning to`g`ri tizimini hamda o`zlashtirish faoliyatini shaffof monitoringini yaratish, gadjetlarni nafaqat ermak, balki to`laqonli ta`lim vositasi sifatida ham yaratishdan iborat.

Tadbir davomida o`quvchilarga maktab fanlari va mantiqiy masalalar bo`yicha mashq bajarish uchun mobil planshetlar taqdim etildi.

“EduMarket” loyihasi doirasida mashg`ulotlarni kuzatish, ko`rsatkichlarni takomillashtirish, boshqa foydalanuvchilar natijalari bilan erishilgan yutuqlarni taqqoslash asosida darslarning dastlabki ta`sirini baholash quyidagi kutilgan ko`rsatkichlariga olib keladi:

  • Hafta davomida qaror qabul qilish tezligi 15% gacha oshadi;
  • 1 oyda mashg`ulotlarga e`tibor 1,5 marta oshadi;
  • 2 oyda mayda narsalar va detallarga 2 barobar oshadi;
  • 2-3 hafta davomida xotira 20% ga o`sadi;
  • 2-3 hafta davomida mantiqiy fikrlash ko`rsatkichi 15% gacha oshadi.

              Loyiha yakunida eng yaxshi natija ko`rsatgan o`quvchilarga qimmatbaho sovg`alar topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar