Musiqiy kechada kanadalik musiqachi o`zining xorijlik hamkasblari, finlandiyalik Djonni Aman, daniyalik Anders Mogensen bilan birgalikda ishtirok etadi. Shuningdek, xorijlik musiqachilar o`zbekistonlik xamkasblari bilan birgalikda O`zbekiston musiqiy merosini zamonaviy jaz musiqasi bilan uyg`unlashtirgan holda kuylar ijro etishadi.
Konsert dasturi:
♦️ 24 oktyabr kuni 18:30da Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan maxsus musiqa akademik liseyida;
♦️25 oktyabr kuni soat 18:30da poytaxtimizdagi O`zbekiston amaliy san`at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi hovlisida Open air tarzida bo`lib o`tadi.
Tadbirga kirish bepul, ammo shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo`lishi kerak.






