Yurtboshimizning joriy yilning 21 oktyabr kuni o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o`ttiz yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqidagi ustuvor g`oyalarini yoshlar o`rtasida keng targ`ib etish maqsadida Bojxona institutida “O`z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir” mavzusida insholar tanlovi o`tkazildi.
TanlovniBojxonainstitutiboshlig`iV.Ergashevochibberarekan, bugungikundaPrezidentimiztomonidantilimizningravnaqiuchunqilinayotganishlargaalohidato`xtaldi. Tilimizning naqadar boy ekanligini har kim o`zida his etishi uchun, bunday insholar musobaqasi o`tkazilishi ayni muddao ekanligini ta`kidlab o`tdi. So`z boyligi ustida ishlash har bir kursantning teran va tiniq fikrlashining asosi bo`lishini, bu esa kelajakda asqftishini aytib o`tarkan, institut boshlig`i kursantlarga omad tiladi. Shundan so`ng start olgan musobaqada barcha kursantlar o`z ijodini qog`ozga tushira ketishdi. Institut o`qituvchilaridan tarkib topgan komissiya a`zolari esa ularni kuzatib borishdi.
Ona tilimizning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o`rnini yanada mustahkamlash, tilimizning xalqaro nufuzini oshirish maqsadida Yurtboshimiz tomonidan joriy yil 4 oktyabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 4479-sonli “O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o`ttiz yilligini keng nishonlash to`g`risida” gi Qarorining qabul qilinishi va mazkur qutlug` sanani yurtimizda keng nishonlangani tilimiz rivoji yo`lidagi qilinayotgan xayrli ishlarning yaqqol isbotidir.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy e`zozlagan til bizning davlat tilimiz ekan, bu bilan faxrlanishimiz va uning ravnaqi yo`lida tinmay mehnat qilish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligini esdan chiqarmasligimiz lozim.






