AsosiyJamiyat

“Uch kishi nohaq qamalgan va oliy jazoga loyiq ko`rilgan”

'“Uch  kishi  nohaq qamalgan  va oliy jazoga loyiq ko`rilgan”'ning rasmi

— 1995 yili O.Sultonovning uyida — tunda qotillik jinoyati sodir etilgan, ya`ni uch kishi o`ldirilgan. Qotillarni topolmay, kosonsoylik M.Rahmonovning uyiga qurol va giyohvand modda tashlab, hibsga olindi. Jinoyatda ishtiroking bor deb, M.Mehmonovni ham organ xodimlari qo`lga oldi. Yuqoridagi uch kishi nohaq qamalgan va oliy jazoga loyiq ko`rilgan. Ular menga begona, lekin yigitlarni begunoh deb bilganim bois oqlanishi tarafdoriman.

Bahriddin Shamshiddinov, Namangan viloyati Kosonsoy tumani

 

Tolib OBIDOV, O`zbekiston Respublikasi Oliy  sudining Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi  boshlig`i:

Jinoyat-prosessual kodeksining 498, 510-moddalariga muvofiq, apel- lyasiya yoki kassasiya tartibida ko`rib chiqilgan ishlar bo`yicha chiqarilgan hukm va ajrim (qaror) ustidan mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili,

fuqaroviy da`vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da`voga daxldor qismi, ishda taraf bo`lmagan shaxslar ham sud hukmining o`z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan nazorat tartibida shikoyat berishga haqlidirlar.

Siz sudning hukm va ajrimi (qaror) ustidan shikoyat berish huquqiga ega bo`lmaganingiz sababli murojaatingiz ko`rilmay qoldirilgan.

Shu bilan birga Jinoyat-prosessual kodeksining 510-moddasida belgilangan shaxslar jinoyat ishi bo`yicha chiqarilgan barcha sud qarorlarini ilo- va qilgan holda, sud qarorlari ustidan Oliy sudga shikoyat berishga haqli.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar