AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda sevishganlar muhabbatlariga qabristonda yakun yasashdi

'Qoraqalpog`istonda  sevishganlar muhabbatlariga qabristonda yakun yasashdi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda yigit sevgilisini pichoqlab o`ldirganligi haqida turli mish-mish gaplar tarqagan edi. Ushbu hodisa yuzasidan sud ishi oxiriga etib, sirli qotillik haqida rasmiy ma`lumot berildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasining “Istiqlol va qonun” gazetasiga tayanib xabar berilishicha, fuqaro Abdulla Tenelbaev Toshkent shahrida qurilish ishlarida yurib, o`zining gaplashib yurgan qizi S. Quralbaevaning boshqa yigitga turmushga chiqqanligi to`g`risidagi xabarni eshitdi. Darrov u qizga qo`ng`iroq qilib, voqeaga oydinlik kiritdi. U Toshkentdan Nukus shahriga S.Quralbaeva o`qiyotgan oliygohga boradi. So`ng har ikkisi avval berilgan va`dasini, ya`ni “agar turmush qurmasa, o`z joniga qasd qilish”ga kelishdi. Ertasi kuni bu ishni amalga oshirishga kelishgan juftliklar qabristonga keldi. A. Tenelbaev bozordan o`ziga pichoq sotib oldi. Belgilangan joyga kelgach, Abdulla S.Quralbaevaning turmush o`rtog`iga telefonda “sen qilgan xatoni tuzatmoqchiman, u senga ham, menga ham yo`q. Biz bir birimizni o`ldirmoqchimiz”, deb eslatdi. Dastlab A. Tenelbaev qizning chap ko`krak qismiga ikki marta, bo`yin va qorniga uch marta pichoq urdi. Uning joni uzilayotganini ko`rib, u o`zini ham pichoqladi. Ammo voqea joyiga kelgan tez tibbiy yordam tufayli A. Tenelbaevning hayoti saqlab qolindi.

Ushbu holat bo`yicha olib borilgan sud ishida Abdulla Tenelbaevga Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar