AsosiyJamiyat

Ona sutining o`rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishga yo`l qo`yilmaydi

'Ona sutining o`rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishga yo`l qo`yilmaydi'ning rasmi

Ona suti bilan oziqlantirishni qo`llab-quvvatlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ–574-son, 23.10.2019 y.).

Qonunga muvofiq, ona suti bilan oziqlantirishni targ`ib qilish sog`liqni saqlash organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan aholi o`rtasida muntazam ravishda axborot-tushuntirish tadbirlarini o`tkazish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, bolalarni ona suti bilan oziqlantirish uchun sharoit yaratish maqsadida davlat muassasalarida, tashkilotlarida, avtovokzallar, aeroportlar, temir yo`l vokzallari, madaniy-ko`ngilochar muassasalarda maxsus joylar ajratiladi.

Qonunga ko`ra, bolalar uchun ona sutining o`rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishga yo`l qo`yilmaydi.  

Ona sutining o`rnini bosuvchi mahsulot to`g`risidagi har qanday axborot ona sutining foydasi va afzalligi to`g`risidagi ko`rsatmani o`z ichiga olgan bo`lishi kerak.

Shu bilan birga, Qonunga ko`ra go`daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqariladigan hamda olib kiriladigan, O`zbekiston hududida sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari sertifikatlashtirilishi hamda sifat va xavfsizlik talablariga muvofiq bo`lishi kerak.

    Boshqa yangiliklar