Boshqirdistonda O`zbekiston fuqarosi 13 yoshli maktab o`quvchisini zo`rlaganlikda gumonlanib qo`lga olindi. Bu haqda Sterlitamak Time xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, fuqaro 7-sinf o`quvchisini uyining pod`ezdida zo`rlagan. Qiz bo`lib o`tgan voqeani buvisiga aytgach, polisiyaga murojaat qilingan. Oradan bir necha soat o`tib gumondor qo`lga olingan.
32 yoshli o`zbekistonlik Boshqirdistonda 15 noyabrgacha qolishi mumkin bo`lgan, lekin endi uzoqroq qolishga majbur bo`ladi. Chunki ayni paytda unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.






