AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura tadbirkorning Prezidentga yo`llagan videomurojaatlari bo`yicha axborot berdi

'Bosh prokuratura tadbirkorning Prezidentga yo`llagan videomurojaatlari bo`yicha axborot berdi'ning rasmi

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro Sh.Yusupov va uning tarafdorlari tomonidan e`lon qilingan videomurojaatlar o`rganildi.

Unga ko`ra, Sh.Yusupov onlayn-auksion orqali 326,0 mln. so`mga mulk sotib olganligi, lekin huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu mulkni undan olib qo`yish maqsadida asossiz ravishda jinoyat ishi qo`zg`atib,  uni qamoqqa olmoqchi ekanligi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig`i va`da bergan bo`lsada, jinoyat ishi bo`yicha tergov Andijon viloyat prokuraturasidan Namangan viloyat prokuraturasiga o`tkazilmaganligini bildirgan.

Aniqlanishicha, Sh.Yusupov rahbarligidagi “Yu.” MChJ auksionda ishtirok etib, Oltinko`l tumanidagi ferma bino-inshootlarini 326,0 mln. so`mga sotib olgan.

Mazkur ferma bino-inshootlari Sh.Yusupovga tilxat asosida topshirilib, auksionga qo`yilmagan bino-inshootlar, mol-mulklar va chorva mollari tegishli tartibda olib chiqib ketilishi tushuntirilgan.

Sh.Yusupovning murojaatiga asosan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, MIB xodimlari tomonidan hujjatlarga auksionda sotilgan mulk haqida noto`g`ri ma`lumotlar kiritilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan  JKning 205-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari davomida ferma bino-inshootlari Sh.Yusupov tomonidan sotib olingan bo`lsada, MIB xodimlari tomonidan ogohlantirilgan bo`lishiga qaramasdan, auksion savdolariga qo`yilmagan va g`oliblik bayonnomasiga kiritilmagan 300,0 mln. so`mlik qurilish mahsulotlarini sotib yuborib, juda ko`p miqdordagi mulklarni o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilgan.

Shunga ko`ra, joriy yilning 22 oktyabr kuni Sh.Yusupov O`zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi  va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Bundan tashqari, gumonlanuvchi Sh.Yusupov muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun 15.01.2014 yilda JIB Namangan viloyat sudining hukmiga asosan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi, 210-moddasi 3-qismi “b” bandi va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qayd etilgan jinoyat ishining tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan bo`lib, tergovni hududiyligiga ko`ra Namangan viloyat prokuraturasiga o`tkazilishiga zaruriyat aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar