AsosiyJinoyat

Andijonda 12 mlrd so`mdan ziyod neft homashyosi talon taroj qilinganligi aniqlandi

'Andijonda 12 mlrd so`mdan ziyod neft homashyosi talon taroj qilinganligi aniqlandi'ning rasmi

Andijon viloyat Prokuraturasi tomonidan “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida “O`zneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan tekshirish o`tkazildi va qiymati 12 mlrd. 825,9 mln so`mlik 15 287 tonna manbaalar aniqlandi.

Jumladan, jamiyatning neft konlari, neftni yig`ish, tayyorlash va topshirish sexlarida o`tkazilgan xatlovda tovar neftdan qiymati 254,5 mln. so`mlik 310,2 tonna ortiqchalik va qiymati 22,7 mln.so`mlik 42,4 tonna kamomad, sexlararo quvurlarni demontaj qilishda va neftni qayta ishlash zavodiga yuborishda quvurlar orqali neftni talon-taroj qilish yo`li bilan qiymati 1 mlrd. 404 mln. so`mlik 812,3 tonna tovar neft yo`qotilganligi, 479,6 mln. so`mlik 795,8 tonna qazib olingan neftni hisobotlarga kiritmagan holda o`zlashtirish, hisobotlarni sohtalashtirish orqali 2 mlrd 583,8 mln. so`mlik 3486,9 tonna kamomadni va 70,8 mln. so`mlik 95,9 tonna ortiqchaliklarni yashirish, 6 mlrd 313,3 mln. so`mlik 7 697 tonna neftni hisobotlarga qo`shib yozish, shuningdek, 1 mlrd 678,9 mln. so`mlik 2046,9 tonna neftni bajarilmagan ish xajmini ko`rsatish hisobiga birlamchi xujjatlarsiz asossiz ravishda hisobdan chiqarish holatlarini tashkil qiladi.

“Andijonneft” AJda jamiyat boshkaruv raisi B. Narmatovning raxbarlik qilayotgan faqatgina 2019 yil iyun oyidan sentyabr oyigacha bo`lgan faoliyat davrini olsak, jami aniqlangan manbaalar neftni asossiz xisobdan chiqarish, qo`shib yozish, xisobot hujjatlarida va xatlovda kamomadlar hamda ortiqchaliklar bo`yicha 1.838.951.734 so`mlik 1 356,8 tonnani tashkil etdi.

Tekshiruv yakunida rasmiylashtirilgan xujjatlar Andijon viloyat Prokuraturasiga topshirildi va ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi “O`zneftgazinspeksiya”ning axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar