O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi Axborot xizmatining boshlig`i Xodjaeva Nigora Sherxonovna Vazirning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va bunda o`zining avvalgi lavozimini saqlab qoladi.
Nigora Xodjaeva 1982 yilda Samarqand shahrida tug`ilgan. 2003 yilda Samarqand Davlat universitetini, 2008 yilda O`zbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika fakultetini tugatgan. Jurnalistika sohasida 2002 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.
Lavozimga tayinlov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko`ra amalga oshirildi.
Qishloq xo`jaligi vazirligi Matbuot xizmati






