O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Axborot xizmati boshlig`i Raxmanbaeva Lola Samigdjanovna Qo`mita raisining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Lola Raxmanbaeva 1980 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasini tugallagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Lola Raxmanbaeva Kun.uz saytining jurnalisti sifatida faoliyat yuritgan. Raisning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi bir vaqtning o`zida Qo`mita Axborot xizmatining boshlig`i hisoblanadi.






