Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 146-maktabning 9-sinf o`quvchisi 10-sinf o`quvchisi bo`lgan A.G. ni pichoqladi. Bu haqida IIBga 21-oktyabr kuni soat 10:00 da xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, ular o`zaro mushtlashib, 15 yoshli bola 16 yoshli bolaning orqa qismiga pichoq sanchgan.
O`smir olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizilgan. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






