Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda TIF “Milliy bank”ning Sayohat bo`limi boshqaruvchisi tomonidan kredit mablag`lartalon-taroj qilinganligi aniqlandi.
Unga ko`ra fuqaro M.Sh. TIF “Milliy bank”ning Sayohat bo`limi boshqaruvchisi lavozimida ishlagan davrida fuqarolar N.A., A.U. va “B.F.” MChJ mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida “M.Sh.” XKga ajratilgan 200,0 mln. so`m kredit mablag`larini go`yoki “B.F.” MChJga ishlab chiqarish asbob uskunalarini etkazib berishi uchun o`tkazib, so`ngra ushbu pul mablag`larni fuqaro A.U.ning plastik kartasiga o`tkazish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.Sh. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






