AsosiyJamiyat

“Yuksalish”da siyosiy partiyalar brifinglariga start berildi

'“Yuksalish”da siyosiy partiyalar brifinglariga start berildi'ning rasmi

"Yuksalish" umummilliy harakati ofisida O`zbekiston siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida o`tkaziladigan brifinglarga start berildi. 

Jamoatchilikni amalga oshirilayotgan ishlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan maydonda birinchi bo`lib Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili chiqish qildi.

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi o`rinbosari Dilshod Shoumarov joriy yilning 22 dekabr kuni bo`lib o`tadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoni, saylovoldi PR-kampaniyasining bir oylik natijalari haqida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, endilikda haftaning har seshanba kuni soat 10.00dan 12.00ga qadar "Yuksalish" umummilliy harakati ofisida barcha siyosiy partiyalar tomonidan brifinglar tashkil etiladi

    Boshqa yangiliklar