AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda paxtani qo`shib yozish holati aniqlandi

'Qoraqalpog`istonda paxtani qo`shib yozish holati aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “Xalqabod paxta tozalash” AJga qarashli “Qorako`l paxta qabul qilish maskani” operatori S.A., “A.Q.”fermer xo`jaligi tomonidan maskanga joriy yilning 12, 14 va 16 oktyabr kunlari topshirilgan paxta xom ashyosiga yana 3 tonna paxta xom ashyosini qo`shib yozish va yuk xatlarini qalbakilashtirib berish evaziga fermer xo`jaligi rahbari R.A.dan 
6,0 mln. so`mni talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan “Qorako`l paxta qabul qilish maskani” moddiy javobgar shaxslariga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar