AsosiyJamiyat

Noyabr oyida poytaxtda yutuqli #ecochallenge boshlanadi

'Noyabr oyida poytaxtda yutuqli #ecochallenge boshlanadi'ning rasmi

Noyabr oyida shahrimizda “Toza shahar” ekoaksiyasi boshlanadi. Bu haqida Toshkent shahar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxtimizni yanada obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur tadbir davomida oliy ta`lim muassasalarining ko`ngilli yoshlaridan iborat jamoalar tomonidan shahrimizdagi qarovsiz hududlar tartibga keltiriladi va ularga yangi nihollar ekiladi. 

Ushbu ekoaksiyada ishtirok etmoqchi bo`lganlar obod qilgan manzillaringizning avvali va keyingi holatini fotolarga muhrlab, #ecochallenge xeshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiring hamda ushbu fotolarni Toshkent shahar komissiyasiga taqdim qiling. 

Tadbir yakunida “Eng ozoda hudud”, “Eng chiroyli maskan” hamda “Eng faol ko`ngillilar” nominasiyalari bo`yicha g`olib jamoalar aniqlanadi va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Agar siz ham shahrimizning obodligi, ko`rkamligi, ozodaligiga va go`zalligiga befarq bo`lmasangiz, “Toza shahar” ekoaksiyasida ishtirok eting. 

Murojaat uchun telefonlar: (90) 959 56 07, (90) 919 86 82

    Boshqa yangiliklar