AsosiyDunyo

Har o`ninchi kompaniya xodimlarini ishdan bo`shatadi

'Har o`ninchi kompaniya xodimlarini ishdan bo`shatadi'ning rasmi

2020 yilda har o`n kompaniyadan bittasi ishchilarini ishdan bo`shatadi. Bu haqda HeadHunter tadqiqotida ish beruvchilar so`roviga asoslanib aytilgan.

Bu yil kompaniyalarning 19 foizi ishchilar sonini kamaytirishgan. Biroq, 49 foiz uni oshirgan. Umuman olganda, kompaniyalar istiqbollarni ijobiy baholamoqda: 62 foizi qo`shimcha ishchilarni yollash niyatida. Shu bilan birga, 9 foiz ehtimoliy pasayish haqida xabar bergan.

«Izvestiya»ning ta`kidlashicha, o`tgan yili har beshinchi kompaniya (21 foiz) o`z xodimlarini ishdan bo`shatgan, bu yil esa har o`ninchi.

Firmalar va korxonalarning 43 foizida ishchilarning ish haqi oshirilgan, 53 foizda esa o`zgarishsiz qolgan va ish beruvchilarning atigi 1 foizi ish haqi pasayganligini e`lon qilgan.

    Boshqa yangiliklar