Bugun, 22 oktyabr kuni Yaponiya imperatori Naruxito mamlakat konstitusiyasi va imperator sulolasi qonuniga muvofiq taxtni egallashini rasman ma`lum qildi.
Yangi imperatorning taxtni egallash marosimi Tokiodagi imperator saroyining eng nufuzli Qarag`ay zalida bo`lib o`tdi. Marosimda mamlakat rasmiylari va mahalliy aholidan tashqari 174 mamlakatdan 400 ga yaqin xorijlik delegatlar ishtirok etdi.
Ma`lumot uchun, Naruxito joriy yilning 30 aprel sanasida otasi Akixito vafotidan so`ng taxtni egallash vakolatiga ega bo`lgan edi.






